Samarqanddagi tarixiy obidalar o‘zining go‘zalligi va buyukligi bilan zamondoshlarini hayratga soladi.
Ana shunday noyob arxitektura yodgorliklaridan biri – Registon maydonida har ikki yillikda 25-30 avgust kunlari YuNESKO homiyligida muntazam ravishda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi.
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali Markaziy Osiyodagi eng yirik festivallardan biridir. Festivalning asosiy maqsad va vazifalari milliy musiqa san’atining eng ilg‘or yutuqlarini keng targ‘ib qilish, xalqimizning buyuk an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, musiqa va vokal yo‘nalishidagi iste’dodlarni rag‘batlantirish, shuningdek, xalqaro ijodiy aloqalarni yanada kengaytirish, madaniy-ma’naviy hamkorlikni mustahkamlash, tinchlik, do‘stlik va o‘zaro hamdardlik g‘oyalarini ulug‘lash.